Fevzi Davletov: "Negadir bir tekis o'yin ko'rsata olmayapmiz"
04 okt 2025 23:01
Yangiliklar
Fevzi Davletov: "Negadir bir tekis o'yin ko'rsata olmayapmiz"
Superliga 24-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Dinamo" (0:2) uchrashuvidan so'ng termizliklar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- O'yin tomonlama olib qaraydigan bo'lsak, o'tgan tur "Paxtakor" bilan bahsda ko'p kuch yo'qotganimiz bilindi. Bugun birinchi taymni juda sekin o'tkazdik. Jamoamizning o'ziga kelib olishi qiyin bo'ldi. Aytib o'tganimdek, "Paxtakor"ga qarshi ko'p kuch yo'qotdik.
Bugun birinchi golni juda oson o'tkazib yubordik. Ikkinchi golda ham xatoga yo'l qo'ydik. "Dinamo" pressingda bizni yaxshi ushladi. Nimayam derdim, ishlashda davom etamiz. Negadir bir tekis o'yin ko'rsata olmayapmiz. Balki bunga har to'rtinchi-beshinchi kunda maydonga tushayotganimiz ham sabab bo'layotgandir. Futbolchilarimiz har o'yinda bir xil bo'la olishmayapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
"Ўзбекнефтгаз" "Насаф", "Бухоро" ва "Бунёдкор" клубларини молиялаштиришни тўхтатмоқда
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar