Kuvayt terma jamoasi bosh murabbiyi: "Men O'FA short-listida bo'lganman?"
08 okt 18:43
Yangiliklar


Kuvayt terma jamoasi bosh murabbiyi: "Men O'FA short-listida bo'lganman?"
O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan o'ynash biz uchun juda manfaatli. Bu jamoaga qarshi o'ynash biz uchun sharaf. O'zbekistonni U-20 Jahon chempionati mezbonligini qo'lga kiritgani bilan tabriklayman. Rivojlanishda davom etishni tilayman.
- Kannavaro bilan kelishuvga erishishdan oldin O'FA short-listida siz ham bo'lgan ekansiz. Buni tasdiqlay olasizmi?
- Bu savolga yo'q deb javob beraman. Sababi hozir Kuvayt terma jamoasi bosh murabbiyiman.
- O'zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro haqida nima deya olasiz?
- Kannavaro Xitoy terma jamoasida ishlagan, 2006 yilda Italiya safida jahon chempioni bo'lgan. Agar futbolchilar bilan tezda til topishib ketsa yaxshi natija qayd eta oladi deb o'ylayman.
- Kuvayt terma jamoasi 20 yillar avval kuchli edi. Oxirgi yillarda nima uchun natijalar tushib ketdi.
- Fors Ko'rfazidan Jahon chempionatiga chiqqan ilk terma jamoa Kuvayt edi. Hozirgi kunda har bir kuvaytlik futbolchining tahlilini olib boryapmiz. Osiyo kubogida munosib ishtirok etish va Kuvayt futbolining oldingi nufuzini qaytarmoqchimiz.
- Ertangi o'yindan nima kutyapsiz? O'zbekistondan qaysi futbolchini alohida ko'rsata olasiz?
- O'zbekistonning oxirgi o'yinlariga qarab shuni aytish mumkinki bu jamoa nafaqat Osiyoda balki Jahonda ham kuchli jamoalardan biriga aylangan. Bu jamoa tarkibida Evropa klublarida o'ynayotgan futbolchilar ko'p. Alohida bir futbolchini ajratib ko'rsatmayman. Har bir futbolchidan xavf kutish mumkin. Ertaga chiroyli stadionda o'ynaymiz va yaxshi natija qayd etishga urinamiz.
- Siz murabbiy sifatida Portugaliyaning ikkita yosh toifasidagi terma jamoalarini Evropa chempioni qilgansiz. Lekin 2019 yildan buyon Osiyoda ishlab kelyapsiz. Evropa va Osiyo futbolidagi eng asosiy uchta farqni ayta olasizmi?
- Evropa va Osiyo futbolchilari o'rtasidagi asosiy farqlardan biri tayyorgarlikda. Evropada professional tayyorgarlik yuqori darajada. Kuvaytda hozirda shunga harakat qilyapmiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar