Bobir Abdixoliqov: "Asosiy vazifamiz – g'alaba qozonish"

Оқил Абдубарноев
3 noya 2026, 22:56
"Nasaf" hujumchisi Bobir Abdixoliqov Osiyo Chempionlar ligasi-2 guruh bosqichi 4-turidan o'rin olgan "Al Kuvayt"ga qarshi uchrashuv oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"Bizni ertaga muhim o'yin kutib turibdi. Ertangi uchrashuvga tayyormiz. O'zimiz uchun kerakli bo'lgan natijaga erishish maqsadida harakat qilamiz va muxlislarimizni xursand qilamiz.

Asosiy vazifamiz – g'alaba qozonish. Bunga erishish uchun bor kuchimizni ishga solamiz va o'z imkoniyatlarimizni maksimal darajada ko'rsatishga harakat qilamiz", dedi 29 yoshli futbolchi.

Ma'lumot uchun, "Al Kuvayt" va "Nasaf" o'rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi-2 guruh bosqichi 4-tur uchrashuvi 4 noyabr kuni Kuvaytda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати