Fabio Kannavaroning oxirgi ish joyidagi maoshi qancha edi?
03 okt 2025 15:30
Yangiliklar
Fabio Kannavaroning oxirgi ish joyidagi maoshi qancha edi?
Italiyalik murabbiy eng yuqori daromadni Xitoy klubidan olgan.
Italiyalik sobiq futbolchi Fabio Kannavaro tez orada O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiy etib tayinlanishi kutilmoqda.
52 yoshli mutaxassisning so'nggi ish joyi Xorvatiyaning "Dinamo Zagreb" klubi hisoblanib, u erda yarim yil faoliyat olib bordi.
Malumotlarga ko'ra, Kannavaroning "Dinamo Zagreb"dagi yillik maoshi 1,5 mln evro, murabbiylar shtabi esa yiliga qo'shimcha 500 ming evro maosh olgan.
"Oltin to'p" sohibi "Guanchjou Evergrand" klubini boshqargan vaqtida yiliga 12 mln evro ishlab olgan bo'lib, o'sha paytda Xitoy Superligasidagi eng ko'p maosh oluvchi murabbiyga aylangan.
Kannavaro murabbiy sifatida O'zbekistonga yutqazgan o'yinni yodga olamiz
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar