"Barsa" va "Man Siti" Dyumfrisga qiziqishini saqlab qolmoqda
28 jan 20:22
Yangiliklar
"Barsa" va "Man Siti" Dyumfrisga qiziqishini saqlab qolmoqda
Kanselu kelishi kataloniyaliklarning poziciyasiga tasir ko'rsatmadi.
"Barselona" va "Manchester Siti" "Inter" himoyachisi Denzel Dyumfrisga bo'lgan qiziqishini davom ettirmoqda. Sportmediaset nashrining takidlashicha, kataloniyaliklar 29 yoshli gollandiyalik futbolchini hamon mudofaaning o'ng qanoti uchun asosiy nomzod sifatida ko'rishmoqda. Joau Kanseluning kelishi "Barselona"ning bu masaladagi fikrini o'zgartirmadi.
Dyumfrisning "Manchester Siti"ga o'tishiga esa jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola qiziqish bildirmoqda.
A Seriyasining joriy mavsumidagi 11 ta o'yinda Dyumfris bitta gol urdi va bitta sariq kartochka oldi. Denzel noyabr oyidan beri to'pig'idan olgan jarohati tufayli maydonlarga tushmasdan kelayapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar