So’nggi yangiliklar

22:59МЮ Рэшфорд учун "Барселона"га чегирма беришни режалаштирмаяпти  0 22:24"Пахтакор" голларга бой кечган назорат учрашувида Грузия клубига ютқазди  5 22:10ОКМК назорат учрашувида Грузия клубига ютқазди  2 21:56ЕЧЛ. "Галатасарой" – "Ювентус". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 21:30"Бухоро" Россия клуби билан дуранг ўйнади  0 21:06Каннаваро: "ВАР протоколини ҳозироқ ўзгартириш лозим - хатолар чемпионат натижаларига таъсир кўрсатиши мумкин"  2 20:32Рафинья: "Қоидалар ҳамма учун турлича бўлиши жуда оғир"  49 19:57"Арсенал" "Атлетико" ҳужумчиси учун 120 млн евро таклиф қилган, аммо рад жавобини олган  2 19:35Кевин Де Брюйненинг эҳтимолий қайтиш санаси айтилди  0 19:09"Барселона" — Ла Лигада пенальтидан гол ура олмаслик бўйича пешқадам  5 18:41Тотти "Рома" билан музокаралар олиб бормоқда  0 18:14Абдуқодир Ҳусанов — ЕЧЛнинг энг тезкор футболчиси!  23 17:53Гватемала Россия терма жамоасига қарши ўйнамайди  2 17:27"Аякс" Зинченконинг жароҳати бўйича баёнот берди  0 16:59"Манчестер Юнайтед" "Ливерпуль" юлдузини сафига оғдириб олишга тайёр  3

Pul yo'q: endi nima bo'ladi? Yangiliklar

Pul yo'q: endi nima bo'ladi?

So'nggi kunlarda o'zbek futbolida "moliyaviy zilzila" yuz bermoqda. Yillar davomida "O'zbekneftgaz" akciyadorlik jamiyati muassisligidagi Qarshining "Nasaf", poytaxtning sobiq gegemoni "Bunyodkor" va qadimiy "Buxoro" klublari kutilmaganda jar yoqasiga kelib qoldi.

Tashkilot ushbu klublarga ajratilayotgan dotaciyalarni keskin qisqartirish yoki butunlay to'xtatish haqida qaror qabul qilmoqda. Bu esa klublar faoliyati borasida savollar paydo qilmoqda.

Dunyo miqyosida ko'ngilochar tomoshaviy sport turi milliardlab dollar aylanadigan ulkan industriyaga aylanayotgan bir paytda O'zbekiston va qator rivojlanayotgan davlatlarda bu soha hamon bozor qonunlari asosida emas, balki "davlat dotaciyalari" hisobiga yashamoqda. Har yili mahalliy byudjetlardan yoki davlat korxonalari hisobidan milliardlab so'm mablag' professional futbol klublariga yo'naltiriladi.

Mamlakatimizda klublarga ajratilayotgan mablag' boshqa sohalar bilan qiyoslaganda er va osmonchalik tafovutga ega emas va qisman o'zini oqlamoqda, ammo baribir bu jihat "Oddiy o'qituvchi, shifokor yoki tadbirkorning to'lagan soliqlari nima uchun xususiy tijorat tashkiloti bo'lishi lozim bo'lgan futbol klublariga sarflanishi kerak?" degan savollarni keltirib chiqaraveradi.

Evropa va Osiyoning qator davlatlari klublarni xususiylashtirish ortidan futbolni daromad keltiruvchi biznesga aylantirdi.

Ushbu maqolada nima uchun davlat futboldan uzoqlashishi kerakligi hamda bu jarayon og'riqli bo'lsa-da, nega muqarrar ekanligini "keyslar" misolida tahlil qilamiz.

EVROPA TAJRIBASI

Evropa futboli bugungi kunda dunyodagi eng daromadli sport biznesi hisoblanadi. Ushbu muvaffaqiyatning asosiy sabablaridan biri — "sog'lom raqobat tamoyili"dir. Evropa Ittifoqi qonunchiligiga ko'ra, davlatning professional futbol klublariga to'g'ridan-to'g'ri moliyaviy yordam ko'rsatishi — "noqonuniy davlat yordami" deya baholanadi.

Nega? Sababi davlat byudjeti yoki davlat resurslaridan foydalanib, bir klubga imtiyoz berilishi, xususiy sarmoya hisobiga kun ko'rayotgan boshqa klublarning huquqlarini poymol qiladi va bozordagi muvozanatni buzadi.

Ushbu tamoyilning eng yorqin isboti 2016 yilda kuzatildi. Evropa Komissiyasi Ispaniyaning 7 ta futbol klubini, jumladan, dunyo futboli grandlari hisoblangan "Real Madrid" va "Barselona"ni noqonuniy davlat yordamini olganlikda aybdor deb topdi.

Tergov davomida aniqlanishicha, ushbu klublar 20 yildan ortiq vaqt davomida Ispaniya qonunchiligidagi "bo'shliq"dan foydalanib kelishgan. Ular masuliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) sifatida emas, balki notijorat tashkilot sifatida ro'yxatdan o'tib, boshqa raqobatchilariga (30%) nisbatan kamroq (25%) soliq to'lab kelishgan. Garchi bu farq kichik ko'rinsa-da, yillar davomida klublarga o'nlab million evro miqdorida adolatsiz ustunlik taqdim etgan.

Bundan tashqari, "Valensiya", "Elche" va "Erkules" kabi klublar davlatga tegishli banklardan bozor narxidan ancha past foizlarda kreditlar olgani va bu kreditlar davlat kafolati ostida berilgani fosh etildi.

Evropa Sudi ispan klublarining bu ishlarini erkin bozor qonunlariga zid deb topdi. Klublar davlatdan olgan barcha imtiyozli mablag'larni (masalan, "Real Madrid" 18.4 million evro) Ispaniya g'aznasiga qaytarishga majbur bo'ldi.

Bu holat butun dunyo uchun signal bo'lishi kerak: agar dunyoning eng boy klublariga ham davlat "suyanchig'i"da turish taqiqlangan ekan, rivojlanayotgan davlatlarda byudjet mablag'larining samarasiz sarflanishi iqtisodiy jihatdan oqlanmaydi. Davlat aralashuvi bor joyda, xususiy investorlar uchun manfaat ko'rish imkoniyatlari pasayadi.

SUN'IY "PUFAK" VA CHEMPIONNING O'LIMI

Evropa qatiy qoidalar orqali futbolni bozorga moslashtirgan bo'lsa, Osiyoda, xususan Xitoyda buning aksi kuzatildi. Xitoy Superligasi (CSL) yaqin o'tmishda davlat rejasi va yirik korporaciyalarning cheksiz puliga qurilgan futbol qanchalik qisqa umr ko'rishini butun dunyoga isbotlab berdi.

Bir necha yil oldin Xitoy klublari jahon yulduzlariga Evropa grandlaridan ham ko'proq maosh taklif qilib, transfer bozorini "portlatgan" edi. Bularning barchasi davlatning futbolni rivojlantirish dasturi doirasida yirik qurilish va savdo kompaniyalari (masalan, "Evergrande", "Suning") tomonidan moliyalashtirildi. Ammo iqtisodiy vaziyat o'zgarishi va davlat siyosatining qatiylashishi bilan "pufak" bir zumda yorildi.

Bu boradagi eng dahshatli misol — "Czyansu Sunin" klubi. 2020 yil noyabrda klub o'z tarixida ilk marotaba Xitoy chempioniga aylandi. Oradan bor-yo'g'i 3 oy o'tib, 2021 yil fevralda klub o'z faoliyatini to'xtatganini rasman elon qildi.

Sababi oddiy: klubning bosh homiysi va egasi bo'lgan "Suning" savdo guruhi moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi. Klubning o'zi esa chiptalar yoki atributikadan yashab qolish uchun etarli mablag' topa olmasdi. "Ota" pul berishni to'xtatgach, "bola" ochlikdan vafot etdi.

Inqirozni chuqurlashtirgan yana bir omil — Xitoy futbol associaciyasining yangi qarori bo'ldi. Unga ko'ra, klublardan homiy kompaniyalarning nomi (masalan, "Beyjing Goan" yoki "Guanchjou Evergrand") olib tashlanishi talab qilindi.

Natijada, marketing maqsadida klub ushlab turgan investorlar uchun futbolga pul tikish mantiqsiz bo'lib qoldi va ular ommaviy ravishda klublarni tashlab ketishdi.

Xitoy tajribasidan shunday xulosaga kelish mumkin: agar klublar tabiiy bozor iqtisodiyoti yo'li bilan emas, balki yuqoridan kelgan buyruq va suniy pullar evaziga yashasa, ularning kelajagi bardavom bo'lmaydi. Homiy yoki davlat korxonasidagi inqiroz klubning yopilishiga sabab bo'lishi mumkin.

Yuqorida Xitoydagi "pufak"ning yorilishi haqida yozdik. Aslida, uzoqqa borish shart emas — O'zbekiston futbolida ham bunday misollar etarlicha.

2008-2010 yillarda Toshkentning "Bunyodkor" klubi nafaqat Osiyo, balki dunyoni hayratga solgan edi. Jahon chempioni Rivaldo, mashhur murabbiylar Ziko va Skolarining olib kelinishi o'zbek futboli uchun ertakdek tuyulgandi.

Klubning butun byudjeti bitta yirik homiy ("Zeromax" va gaz-neft sektori)ga bog'langan edi. Klub o'zi pul topmasdi, faqat sarflardi.

2010 yilda bosh homiy inqirozga uchrashi bilan "ertak" nihoyasiga etdi. Yulduzlar ketdi, maoshlar keskin kamaydi. Rivaldo bilan o'zaro hisob-kitoblar hanuzgacha bartaraf etilmagan. To'g'ri, "Bunyodkor" yo'q bo'lib ketmadi, akademiyasi hisobiga saqlanib qoldi, ammo u o'sha paytdagi gegemonlik maqomini yo'qotdi.

Yana bir misol — "Metallurg". Bosh homiysi kombinat bo'lgan Bekobod klubi moliyalashtirishning to'xtatilishi natijasi bir yil mobaynida faoliyatini to'xtatgandi.

"BOQIMANDALIK"DAN QANDAY QUTULISH MUMKIN?

Davlat moliyalashtirishini bir zumda to'xtatish futbolning jon taslim qilishiga olib kelishi mumkin (Xitoy misolidagi kabi). Shu bois, jahon tajribasiga asoslangan holda, bosqichma-bosqich xususiylashtirish modeli taklif etilishi kerak.

Xususiy klub — foyda ko'zlaydigan biznes. Xo'sh, agar davlat pul bermasa, klublar qaerdan daromad topishi kerak? Jahon futbolida buning "oltin qoidasi" mavjud bo'lib, u quyidagi ustunlarga tayanadi:

1. TV-translyaciya huquqlari Evropaning top-ligalarida klublar byudjetining 40-60% qismi televideniedan keladigan pullar hisobiga shakllanadi.

Muammo: Bizda TV huquqlardan tushadigan mablag' deyarli nolga teng.

PFL translyaciya huquqlarini savdoga qo'yishi va telekanallar futbolni namoyish etish uchun klublarga pul to'lay boshlasagina, bu daromad keltira boshlashi mumkin. 

2. Stadion daromadlari

Davlat puliga ishonib qolgan klub uchun stadionga muxlis kelish-kelmasligining qizig'i yo'q. Ammo xususiy klub uchun har bir bo'sh o'rindiq zararga ishlaydi.

Klublar chiptalar, mavsumiy abonementlar, stadion ichidagi savdo-sodiq (oziq-ovqat, atributika) orqali kun ko'rishni o'rganishi kerak. Muxlislar klubning asosiy investorlaridan biriga aylanishi kerak.

3. Akademiya va transferlar

Agar klubning boy homiysi bo'lmasa, u "ishlab chiqaruvchi"ga aylanishi kerak.

Portugaliyaning "Benfika" yoki Niderlandiyaning "Ayaks" klublari bunga misol bo'la oladi. Ular yoshlarni tarbiyalab, top-klublarga sotish orqali millionlab dollar ishlashadi.

4. Soliq imtiyozlari va xususiy sektorni jalb qilish

Davlat to'g'ridan-to'g'ri pul berishni to'xtatib, uning o'rniga xususiy investorlarga sharoit yaratib berishi lozim.

Futbol klubini sotib olgan va unga homiylik qilayotgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari (masalan, foyda solig'i yoki QQS) berilishi maqsadga muvofiq. Shunda tadbirkor majburlov yo'li bilan emas, o'z xohishi bilan futbolga sarmoya kiritadi.

INQIROZDAN OMON CHIQQAN GRANDLAR

Moliyaviy inqirozlar futbol tarixida ko'p uchraydi. Aynan moliyaviy inqiroz yoki "katta pullar"ning to'xtatilishi ko'p klublarni "aqlini yig'ib olishga" va haqiqiy biznes yo'lidan yurishga majbur qilgan.

1. "Borussiya Dortmund" (Germaniya)

2000-yillar boshida "Borussiya" ulkan mablag' sarflab, qimmatbaho yulduzlarni sotib oldi va katta maoshlar to'ladi. Natijada, 2005 yilda klub 120 million evro qarz bilan bankrotlik yoqasiga kelib qoldi.

Nima qilindi?

Klub rahbariyati to'liq almashdi. Qimmat yulduzlar sotildi, maoshlar keskin qisqartirildi.

Strategiya o'zgardi: Bor etibor akademiyaga hamda Mario Gyotce, Mats Hummels, Robert Levandovski kabi arzon, nomdor bo'lmagan yoshlarga qaratildi.

Stadion nomi sug'urta kompaniyasiga sotildi ("Signal Iduna Park").

Natija: Bir necha yil ichida qarzlar uzildi. Klub ikki marta Germaniya chempioni bo'ldi va Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi.

Bugungi kunda "Borussiya" dunyodagi eng sog'lom moliyaviy holatga ega va muxlislar bilan eng yaxshi ishlaydigan klublardan biriga aylandi.

2. "Napoli" (Italiya)

Afsonaviy Maradona o'ynagan klub 2004 yilda 70 million evro qarz bilan rasman bankrot deb elon qilindi va tugatildi. Klub hatto nomidan ham ayrildi.

Nima qilindi?

Kinoprodyuser Aurelio De Laurentis klubni (aniqrog'i, yangi tashkil etilgan yuridik shaxsni) sotib oldi. U klubni S Seriyadan (3-liga) qayta qurdi.

U "Biz topganimizdan ko'ra ko'proq sarflamaymiz". Klub hech qachon qarzga botmadi, faqat o'zi ishlab topgan pulga (TV huquqlar, chiptalar, marketing) tayandi" degan metin qoidaga asoslanib ish tutdi.

Skautlik ishining alo darajada bajaralishi natijasida Kavani, Lavessi, Hamshik, Osimhen, Kvaracxeliya kabi futbolchilar arzon narxga xarid qilinib, yulduzga aylantirildi.

Natija "Napoli" qarzsiz klubga aylandi. 2023 yilda, 33 yillik tanaffusdan so'ng, Italiya chempioniga aylandi. Ushbu muvaffaqiya xususiylashtirish va to'g'ri boshqaruv g'alabasi edi.

3. "Reynjers" (Shotlandiya)

Shotlandiyaning eng titulli klubi 2012 yilda soliqlardan qarzdorligi sababli tugatildi (likvidaciya). Klub professional ligadan eng quyi — 4-divizionga badarg'a qilindi.

Nima qilindi?

Klub yangi investorlar tomonidan "yangilandi". Muxlislar klubni o'z holiga tashlab qo'ymadi: 4-liga o'yinlariga ham 50 ming muxlis stadionga tashrif buyurdi (chipta tushumlari klubni saqlab qoldi). Jamoa 4 yil ichida yuqori ligaga qaytdi.

Natija:

"Reynjers" 2021 yil, qiyinchiliklardan 9 yil o'tib, Stiven Jerrard boshchiligida yana Shotlandiya chempioniga aylandi.

FUTBOL O'LADIMI YOKI QAYTA TUG'ILADIMI?

Bugungi kunda ko'pchilik mutaxassislar va muxlislarda bitta qo'rquv bor: "Agar davlat moliyalashtirishni to'xtatsa, bizda futbol o'ladi".

Aslida, bu qarash noto'g'ri. Davlat moliyalashtirishni to'xtasa, futbol o'lmaydi, balki futboldagi "boqimandalik", "samarasiz xarajatlar" va "korrupciya" o'ladi. Haqiqiy, raqobatbardosh va muxlis uchun o'ynaydigan futbol esa, aksincha, nafas olishni boshlaydi. 

Ha, bu jarayon og'riqli kechadi. Xitoy yoki Sharqiy Evropa davlatlari misolida ko'rganimizdek, suniy ravishda shishirilgan bazi klublar, ehtimol, yo'q bo'lib ketishi mumkin. Lekin bozor qonunlari shunday ishlaydi: kuchlilar va to'g'ri tizim yo'lga qo'yganlar tirik qoladi. 

 

Oqil Abdubarnoev

Reyting: +4   

Fikrlar

+2   
17 fev 17:00:46
Ibrohim.Muhammad Ali.Abdulloh Shamsiddinovichlar
Насафга Рўзиқулдай одам бор экан гулламайди Рўзиқул эшитсан ойбек. Шерзод нейматовлар сотсанг камида 6 милярд пул тушунган бўлардинг. Сан ўйинчи экансан қандай манфат кўрасан бепул бериб Шерзод билан Ойбек бепул қўйиб юборадиган ўйинчи эмасди. Сани йўқ қилиш керак. Сан Насаф учун бирон нарса қилиб ёки ўйинчи сотмайсами Насафди ўйинчилари кўп бўлса йўқ қилиш керак
+2   
17 fev 12:58:36
rustam
Уважаемый автор Акил Абдубарноев! Нельзя сравнивать Европейский бизнес клубы и наши, менталитет у нас разный, бизнес не сравним с нашим, какие стадионы у них и какие у нас, зрители в Европе собираються от 50000 до 80000 человек инфраструктура, заработная плата резко отличаются нашего. Невозможно в одно мгновение создать частные клубы в узбекистане! Если государство прекратит финансирования то футбол в стране умрет.
+1   
17 fev 17:39:53
Soccerland777
Турон тажрибасини ёзмабсизку. Хусусий клуб бўлиш хам осонмас
+1   
17 fev 17:12:11
аИа
Негативлик эмасу, хаммаси яхшиликка булсин. Нефтчининг келажаги хам шундай эмасмикана.
+1   
17 fev 17:00:52
Ibrohim.Muhammad Ali.Abdulloh Shamsiddinovichlar
Насафга Рўзиқулдай одам бор экан гулламайди Рўзиқул эшитсан ойбек. Шерзод нейматовлар сотсанг камида 6 милярд пул тушунган бўлардинг. Сан ўйинчи экансан қандай манфат кўрасан бепул бериб Шерзод билан Ойбек бепул қўйиб юборадиган ўйинчи эмасди. Сани йўқ қилиш керак. Сан Насаф учун бирон нарса қилиб ёки ўйинчи сотмайсами Насафди ўйинчилари кўп бўлса йўқ қилиш керак
+1   
17 fev 17:00:36
Ibrohim.Muhammad Ali.Abdulloh Shamsiddinovichlar
Насафга Рўзиқулдай одам бор экан гулламайди Рўзиқул эшитсан ойбек. Шерзод нейматовлар сотсанг камида 6 милярд пул тушунган бўлардинг. Сан ўйинчи экансан қандай манфат кўрасан бепул бериб Шерзод билан Ойбек бепул қўйиб юборадиган ўйинчи эмасди. Сани йўқ қилиш керак. Сан Насаф учун бирон нарса қилиб ёки ўйинчи сотмайсами Насафди ўйинчилари кўп бўлса йўқ қилиш керак
+1   
17 fev 16:24:42
Akbar Umarov
Bahrom Abdurahmonov foydalanuvchining fikriga javob berish
Adashmasam Yaypanning "Turon" klubi xususiy klub edi shekilli. Sekin-sekin bo'lsa ham xususiy klubga aylanishi kerak.
Albatta 100% haqsan ukam
+1   
17 fev 13:09:58
Bugatti vieyron
Davlat pul bermasligini qo‘llab quvvatlayman bu aynan Nasaf bilan ham bo‘layotgani meni ikki marta xursand qiladi birinchilardan bo‘lib relsni o‘zgartirmoqda bu uch to‘rt balki besh o‘n yillik pasayishni yuzaga keltirar lekin baribir ishonaman yana o‘z o‘rniga qaytadi albatta
+1   
17 fev 12:37:16
Жамшид Jamshid
Тугри килади пул бермасдан. Яна бир гап нефт бор жойлар кон бор жойлар сотилвоти Нефтегаз да пул камайвоти
+1   
17 fev 12:01:48
Филипп Круз
Ким пул тикади келишилган чемпионат уйинларига доим битта жамоа чемпион булиб келдику шу вактгача баклачка билан стадионга киришни такиклаган булсак + яна бошка нарсаларни оддий мисол хомий Пепси нима хомий булганда стадионларда махсулотлари сотирмади УФА супер лига уйинларига хомийлик килаётганларни пулини булиб берсин жамоаларга УФА бошлаб берсин биринчи булиб савдо корхонлари реклама учун пулни блогерларга бермасдан жамоалар билан шартнома тузарди
+1   
17 fev 11:52:26
FARRUX Shodiyev
Bunday qilsak davlat byudjetini oʻmara olmaydida ayrimlar. Bizga rivojlanish emas, soqqa qilish boʻlsa boʻldi
+1   
17 fev 11:52:19
Шухрат Эргашев
Масалан Насафни Кашкадарё халки "ташлаб" куймаса керак. Кашкадарёда молиявий куллаб тура оладиган хомийлар етарли деб уйлайман. Агар Хусусийлаштирилса хам, уз кунини кура оладиган клуб булса керак. Факат Давлат томонидан ер ва мол мулк солигина имтиёз берилса, балки имтиёз бордир, чунки бизда ер ва мол мулк ставкаси баланд.
   
17 fev 21:40:33
Ibrohim.Muhammad Ali.Abdulloh Shamsiddinovichlar
OTABEKXEM foydalanuvchining fikriga javob berish
Qayerda ko'rgansiz murabbiy futbolchi sotganini futbolchini klub sotadi demak klub boshqaruvchilarida ayb tekinga ketgan bo'lsa, hali ko'ramiz Berdiyev ketsa qanday ahvol bo'lishini, Berdiyevni xizmatlarini hali hech kim qilgani yo'q Nasaf uchun. Shuncha yil ichida murabbiy almashmadimi demak u yaxshi ishlagan. Sovrinlari, yetishtirgan futbolchilari, bir necha marta jamoani qayta qurgani bunga misol.
Олинга 37 милярд пул ажратилди нима деб ўйлайсиз сотиш сотиб олишни мўрабий ҳал. Ма Рўзиқул ол мани жияним Рўзиқул сот нематовди сот холмат Рўзиқул йўқ бу ўйинчи бўлмайди. Буни сотмайман дейдими. Соққа
   
17 fev 21:34:48
M Xolikov
Кулинг сингур Ким минус босган болсаям Хар Ким уз фикрини ёзишга хакли харканакасига
   
17 fev 16:33:47
Azizbek Rustamovich
Akbar Umarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Uka Viloyat Hokimlari endi buyag'iga hadep dacha, uylar qurmasdan o'sha pulni Futbolga yonaltiradilar xalos.
Bunaqasi tarihda ham bo‘lmagan kelajakda ham bo‘lmaydi.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика