So’nggi yangiliklar

21:10Майкл Кэррик: "Скоулзнинг танқидига эътибор бермадим"  1 20:55Эшитдик-да: Суперлигадаги биринчи истеъфо маълум  3 20:41"Пахтакор"дан ҳайдалган бразилиялик ва португалияликлар ҳозир қаерда? Педру Морейра қарийб бир йилдан бери клубсиз  0 20:20Netflix Роналдиньо ҳақида ҳужжатли фильм чиқаради  0 19:58ЎФА раҳбарияти Янги Тошкент стадиони қурилиш жараёни билан танишди  8 19:31Ҳужумчи қишки трансфер барбод бўлганидан норози ва ёзда МЮни тарк этмоқчи  0 19:03"Реал" ҳимоячиси яна жароҳат олди ва "Манчестер Сити"га қарши жавоб ўйинини ўтказиб юборади  3 18:35Дембеленинг агенти "Манчестер Сити" билан музокаралар ўтказди  1 18:07Роналду Португалия бош мураббийлигига ўзига яхши таниш номзодни таклиф қилди  5 17:40Ўзбекистон Суперкубоги баҳсини Тўхтасинов бошқаради  14 17:15Гвардиола — АПЛда февраль ойининг энг яхши мураббийи  1 16:48"Манчестер Сити" футболчиси АПЛда ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди  0 16:25Манба: "Челси" жамоа сардори билан шартномани узайтирди  0 15:57Ямаль машғулотни ўтказиб юборди. Ташвишланишга сабаб борми?  0 15:32"Эскиларнинг бир гапи бор: менга ўртадаги ўйинчиларни айт, мен сенга жамоанг қандайлигини айтаман". Вадим Абрамов "Динамо" легионерларидан норози  4

Vadim Abramov: "Kannavaro "Oltin to'p" olganini bilaman. U zo'r futbolchi bo'lgan. Afsuski, bizda o'ynamaydi, balki murabbiylik qiladi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Kannavaro "Oltin to'p" olganini bilaman. U zo'r futbolchi bo'lgan. Afsuski, bizda o'ynamaydi, balki murabbiylik qiladi"

Superliga 24-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Dinamo" (0:2) uchrashuvidan so'ng "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- "Surxon" futbol o'ynaydigan jamoa hamda yuqori himoyalanishini bilardik. Biz bunday bahsga tayyor edik. Birinchi taymda ikkita gol urib vaziyatni qo'lga oldik va ikkinchi bo'limda shu tempni tushirmaslikka harakat qildik. To'g'risi, tanaffusdan keyin hisobni saqlab qolishga o'ynaganimizni aytib o'taman. Samarqanddan muxlislarimiz kelib bizni qo'llab turishdi, ularga alohida rahmat. Oldinda tanaffus yuzaga keladi va bu oraliqda yaxshilab tiklanib olishga etibor qaratamiz. Sariq kartochkalar sabab qaysi o'yinchilarimiz keyingi o'yinda maydonga tusha olmasligini ko'rib chiqamiz.

- "Paxtakor"ga qarshi Kubok uchrashuvidan so'ng etibor chempionatga qaratilishini aytgan edingiz.

- Maqsadimiz Kubok finaliga chiqish edi, lekin yarim finalda penltilar seriyasida mag'lub bo'lib Kubokni tark etdik. Bundan juda xafamiz. Endi Superligada o'zimizni ko'rsatishga to'g'ri keladi. Xayriyat ruhiy tushkunlikka tushib qolmadik. Futbolchilarimiz kurashishda davom etyapti, bu esa hammamizni xursand qilyapti.

- Milliy terma jamoaga "Dinamo"dan ikki nafar futbolchi taklif etildi. Bu chaqiruv futbolchilarga qanchalik tasir qildi?

- Umumiy hisobda turli terma jamoalarga bizdan 6 nafar o'yinchi chaqirilgan. Shaxsan men juda xursandman. Futbolchilarning ham kayfiyati ko'tarildi. Termaga loyiq o'yinchi chiqarib bersak bundan faqat xursand bo'lamiz.

- Hali rasman elon qilingani yo'q, lekin baribir so'ramasak bo'lmaydi. Fabio Kannavaroning terma jamoamiz bosh murabbiyi etib tayinlanishiga qanday qaraysiz?

- Kannavaro futbolchilik paytida "Oltin to'p" olganini bilaman. U zo'r futbolchi bo'lgan. Afsuski, bizda o'ynamaydi, balki murabbiylik qiladi, yana nima deyishim mumkin. Hammasini vaqt ko'rsatadi.

- Jamoangiz keyin turni "Buxoro"ga qarshi o'tkazadi.

- 8 oktyabrgacha futbolchilarga dam beramiz. Shundan keyin yana yig'ilib mashg'ulotlarni davom ettiramiz. 11 oktyabr kuni "So'g'diyona"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz. Bilishimcha, terma jamoa futbolchilari Malayziyadan 14 oktyabr kuni qaytadi. 18 oktyabrda esa "Buxoro" bilan o'ynaymiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика