Hojimat Erkinov: "Bundan futbolchi chiqmaydi, bo'yi past" deb aytganlar bo'lgan"
08 okt 16:02
Yangiliklar
Hojimat Erkinov: "Bundan futbolchi chiqmaydi, bo'yi past" deb aytganlar bo'lgan"
O'zbekistonda ilgari ham, bugungi futbolda ham bo'yi past deb tarkibga olinmaslik holatlari uchraydi. Vaholanki, milliy terma jamoa azolari Masharipov, Iskanderov, Fayzullaev kabi futbolchilar bo'yi baland futbolchilar sirasiga kirmaydi. Podkast mualliflaridan biri shunday holatlar tufayli ko'plab yaxshi futbolchilarning kelajagiga bolta urilayotgani haqida to'xtalib, Hojimat Erkinovning bu haqdagi fikrlari bilan qiziqdi.
"Menga nisbatan ham shunday fikrlar bo'lgan. "Paxtakor" o'rinbsarlari safida o'ynab yurgan paytimda Shota Arveladzening yordamchisi bo'lgan o'zbek murabbiyi Yoshlar Ligasi o'yinlarini ko'rgan holda o'zini ko'rsatgan futbolchilarni asosiy tarkibga jalb qilardi. Men hech qachon taklif etilmaganman. Qo'qon va Olmaliqda o'ynaganimdan keyingina "Paxtakor" asosiy tarkibida to'p tepganman. Ungacha esa boshlang'ich tarkibga jalb etilmaganman.
"Bundan futbolchi chiqmaydi, bo'yi past" deb aytganlar bo'lgan. Ayrim murabbiylarda bu narsa bor. O'shanda bilganman. Lekin bunda poziciyani hisobga olish kerak. Darvozabon, markaziy himoyachi yoki tayanch yarim himoyachisi bo'lsa, bo'y muhim o'rin tutishi mumkin", – dedi Erkinov.
"90minutuz" podkasti to'liq holda:
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar