Rasman: Fabio Kannavaro – O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi!
06 okt 2025 16:18
Yangiliklar
Rasman: Fabio Kannavaro – O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi!
Bu haqda O'zbekiston futbol associaciyasi matbuot xizmati rasman xabar berdi.
"O'zbekiston futbol associaciyasi 3 karra Jahon chempionati ishtirokchisi, 2006 yilgi Jahon chempionati g'olibi, yaqin o'tmishning eng yaxshi himoyachilaridan biri, taniqli mutaxassis — Fabio Kannavaro bilan shartnoma tuzdi. Italiyalik murabbiy jamoamizni AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida o'tadigan Jahon chempionatiga tayyorlaydi", – deyiladi xabarda.
Murabbiylar shtabida Kannavaroga quyidagi mutaxassislar yordam beradi:
— Eugenio Albarella — yordamchi murabbiy (Yaponiya terma jamoasi, "Yuventus", "Udineze" va "Dinamo" Zagreb"da ishlagan);
— Chichcho Troize Fransesko — jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy ("Benevento", "Udineze" va "Dinamo" Zagrebda faoliyat yuritgan);
— Antonio Kimenti — darvozabonlar murabbiyi (Italiya yoshlar terma jamoasi, "Sampdoriya" va "Spal" klublarida ishlagan).
O'zbekiston Kannavaroga Xitoyga qaraganda 8 baravar yuqori maosh taklif qilayotgani malum bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar