"Chaqiruvdan xursandman, borimizni berib harakat qilamiz" - Anvarjon Hojimirzaev "Surxon" ustidan g'alaba va milliy jamoaga taklif etilgani haqida
05 okt 2025 14:50
Yangiliklar
"Chaqiruvdan xursandman, borimizni berib harakat qilamiz" - Anvarjon Hojimirzaev "Surxon" ustidan g'alaba va milliy jamoaga taklif etilgani haqida
Superliga doirasidagi "Surxon" - "Dinamo" (0:2) uchrashuvidan keyin jamoamiz hujumchisi Anvarjon Hojimirzaevning Termizdagi o'yin va O'zbekiston milliy jamoasiga taklif etilgani haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
"Avvalambor, muxlislarimizni, «Dinamo» jamoamizni bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Oson o'yin bo'lmadi, lekin Xudoga shukur uddaladik. Maqsadimiz g'alaba edi va bunga erishdik.
Hissiyotlar yaxshi albatta, Xudoga shukur deymiz, nasib qildi. O'zbekistonlik barcha futbolchilarning orzusi, maqsadi milliy jamoada o'ynash, chaqirilganimdan xursandman, Xudo xohlasa borimizni berib, harakat qilamiz", - dedi Dinamo" jamoasi sardori.
Malumot uchun, O'zbekiston milliy jamoasi 9 oktyabr kuni Toshkentda Kuvaytga qarshi maydonga tushsa, 13 oktyabrda Malayziyada Urugvayga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar