

Kannavaro Jahon chempionatida niderlandiyalik himoyachi Virjil van Deyk bilan gaplashganini va u Italiya chempionatida o'ynab ko'rish istagi borligini aytganini ma'lum qildi. Uning fikricha, jismoniy kuch va tezlikka ega Van Deykni "Milan" safida ko'rish ajoyib bo'lardi.

“2006 yili yili Zidan Materacciga bosh bilan zarba bermaganida, “Oltin to'p” sovrinini yutishim ancha qiyin kechardi. Hozirgi himoyachilar orasida "Oltin to'p"ga da'vogar sifatida "Barselona" futbolchisi Pau Kubarsini tilga olaman”.
Kannavaro O'zbekiston terma jamoasidagi shogirdi Abduqodir Husanovni alohida etirof etdi va Italiya terma jamoasiga ham to'xtalib o'tdi:
"Unda dahshatli jismoniy imkoniyatlar bor, lekin u hali sayqallanishi kerak bo'lgan olmos. Doim soatiga 300 km tezlikda harakat qiladi - bazan to'pni olib qo'yadi, bazan esa kechikib, qanot hakamini ham urib yuboradi. Bu normal holat, buning ustida ishlashimiz kerak.
Italiya ko'p gol o'tkazib yuborayotgani alohida himoyachilarning emas, balki jamoaviy pressing va to'pni qaytarib olish tizimidagi muammolar bilan bog'liqligini ta'kidladi.



