"Napoli" Neymar bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lgan ekan
08 okt 15:43
Yangiliklar
"Napoli" Neymar bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lgan ekan
"Napoli"lagilar bir necha oy davomida Neymarni bilan bitim tuzishni maslahatlashishgan.
La Gazzetta dello Sport malumotlariga ko'ra, bu g'oya klubda taxminan yanvar oyida paydo bo'lgan va maygacha muhokama qilingan.
Aurelio De Laurentis, Jovanni Manna va Antonio Konte uzoq vaqt davomida hujumchi uchun jamoada joy topish yo'lini izlashgan. Biroq keyinchalik klubda braziliyalik futbolchini olish maydondagi muvozanatga salbiy tasir ko'rsatishi mumkin, degan xulosaga kelishgan.
Bundan tashqari, "Napoli"ning sport direktori Manna Kevin De Bryoyne nomzodini ham ko'rib chiqqan. Oqibatda, belgiyalik futbolchi yozda klubga qo'shildi.
33 yoshli Neymar hozirda "Santos" jamoasida to'p surmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Fikrlar