"Manchester Siti" futbolchisi Savio yangi klubini tanladi

6 iyun 2026, 19:20
"Manchester Siti"ning braziliyalik qanot yarim himoyachisi Savio faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirmoqchi.

22 yoshli futbolchi Angliyada qolishni juda xohlaydi va keyingi qadam sifatida "Tottenxem"ni tanlagan. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar allaqachon bo'lib o'tdi. Yaqin kunlarda "shporlar" "shaharliklar"ga rasmiy taklif bilan chiqishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, "Tottenxem" sport bloki uzoq vaqtdan beri Savioni kuzatib keladi va o'yinchi istedodining katta muxlisidir.

Savio o'tgan mavsumda barcha turnirlarni hisobga olgan holda 36 ta o'yinda maydonga tushib, to'rtta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: SportsCenter Brasil