Xoland Manchester derbisi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi

14 sen 2026, 10:50
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Manchester derbisi tarixidagi eng mahsuldor to'purarga aylandi.

Angliya chempionatining 4-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda (1:0) norvegiyalik futbolchi uchrashuvdagi yagona golni kiritdi.

Ushbu gol forvard uchun "shaharliklar" tarkibida MYU darvozasiga kiritilgan to'qqizinchi to'p bo'ldi. Shu tariqa, APLning X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasi xabar berishicha, Xoland ushbu qarama-qarshilikda hisobida sakkiztadan gol bo'lgan sobiq hujumchilar Ueyn Runi ("Manchester Yunayted") va Serxio Agueroni ("Manchester Siti") ortda qoldirdi. Erik Kantona va Filip Foden hisobida esa ettitadan gol bor.

Erling Xoland 2022 yildan beri "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda. Norvegiyalik hujumchining klub bilan shartnomasi 2034 yilgacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar