

VAR hakamning ofsayd tufayli golni bekor qilish qarorini tekshirdi, Xoland ofsayd holatida bo'lmaganini aniqladi va golni hisobga olishni tavsiya qildi. Shuningdek, VAR ofsaydda bo'lgan Fernandes to'pga tegmaganini ham hisobga oldi, - deyiladi APL xabarida.
Ushbu o'yindan so'ng Manchester Yunayted 4 ochko bilan APL turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi. “Manchester Siti” esa 12 ochko bilan ikkinchi qatordan joy olgan.
Keyingi turda “qizil iblislar” 20 sentyabr kuni Fulxem bilan bahs olib borishsa, “shaharliklar” xuddi shu kuni “Sanderlend”ga qarshi maydonga tushishadi.



