

Unga ko'ra, Sergey Chigodaev boshchiligidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasining ro'yxatidan 21 nafar futbolchi o'rin olgan.
O'zbekiston U-17 terma jamoasining jahon chempionati uchun tarkibi:
Darvozabonlar: Olimjon Shamuratov (“Paxtakor”), Mehrojbek Sirojiddinov (Respublika futbol akademiyasi), Abdulboriy Zoidjonov (Respublika futbol akademiyasi).
Himoyachilar: Mashhurbek Abdisoliev (“Nasaf”), Abubakir Rahimov (Odil Junior), Muhammad Hakimov (“Bunyodkor”), Muhammadaziz Ro'ziboev (“G'azalkent”), Mirjamol Anvarov (Odil Junior), Nurmuhammad O'ktamov (“Paxtakor”), Adis Abdunabiev (“Xorazm”), Jahongirmirzo O'ktamboev (“Bunyodkor”).
Yarim himoyachilar: Muhammadjon Mamatov (“Paxtakor”), Amirxon Erkinov (Odil Junior), Islom Ravshanov (“Paxtakor”), Mirkomilbek Murodov (“Bunyodkor”), Muhammadodilxon Orifxonov (Odil Junior), Habibulloh Tohirov (“Paxtakor”), Ahrorbek Ravshanbekov (“Andijon”).
Hujumchilar: Asilbek Aliev (Respublika futbol akademiyasi), Suhrob Sodirjonov (“G'azalkent”), Laziz Abduraimov (“Buxoro”).
Bosh murabbiy: Sergey Chigodaev.
Qayd etish joiz, tarkibga kiritilgan barcha futbolchilar 2009 yilda tug'ilgan. Eng ko'p vakil “Paxtakor” klubidan – 5 nafar. Odil Junior tarbiyalanuvchilaridan 4 nafar, “Bunyodkor” va Respublika futbol akademiyasidan esa 3 nafardan futbolchi ro'yxatga kiritilgan.
Ma'lumot uchun, U-17 jahon chempionati 19 noyabrdan 13 dekabrga qadar Qatarda bo'lib o'tadi. O'zbekiston terma jamoasi E guruhida Kot-d’Ivuar, Yamayka va Italiyaga qarshi bahs olib boradi.



