Neymar Braziliyaning Misrga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushmaydi

Sherzod Nurmatov
5 iyun 2026, 12:30
"Santos" vingeri Neymar Braziliya va Misr terma jamoalari o'rtasidagi bo'lajak o'rtoqlik o'yinida qatnashmaydi.

Bu haqda "Meia Hora" xabar berdi.

Karlo Anchelotti boshchiligidagi terma jamoa murabbiylar shtabi futbolchini o'yin uchun qaydnomadan chiqarib tashlagani haqida xabaroar tarqalgan.

Jamoalar o'rtasidagi bahs 7 iyun kuni 3:00 da boshlanadi.

Neymar boldir mushaklaridagi jarohati tufayli "pentakampeonlar"ga yordam bera olmaydi. Tajribali futbolchi Braziliyaning JCH uchun tarkibiga kiritilgan.

Anchelotti shogirdlari guruh bosqichida Gaiti, Shotlandiya va Marokash bilan to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Meia Hora