Rasman: Italyano Turkiyada ish boshladi

6 iyun 2026, 19:46
Vinchenco Italyano "Beshiktosh" jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Turkiya klubi 48 yoshli mutaxassis bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi. Bitim 2028 yil yoziga qadar amal qiladi.

Xabarlarga ko'ra, Italyano shartnoma muddati davomida jami 6 million evro sof maosh oladi. Uning murabbiylar shtabiga esa 5 million evro to'lanadi.

So'nggi ikki mavsumda Italyano "Bolonya" klubida faoliyat yuritgan. U bundan avval "Fiorentina" va "Speciya" jamoalarida ham bosh murabbiy bo'lib ishlagan.

O'tgan mavsumda "Beshiktosh" Turkiya chempionatini 4-o'rinda yakunlagan edi.

image_2026-06-06_19-44-04.png

O'xshash yangiliklar


Manba: bjk.com.tr