"Beshiktosh" "Manchester Yunayted" himoyachisini ijaraga olmoqchi

Sherzod Nurmatov
18 noya 2026, 13:30
"Beshiktosh" "Manchester Yunayted" himoyachisi Matteys de Ligtga qiziqish bildirmoqda va qishki transfer oynasida uni ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda.

Bu haqda “TEAMtalk” xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, 27 yoshli niderlandiyalik futbolchi jarohat tufayli uzoq muddat maydonga tushmaganidan so'ng ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istamoqda. Shu bilan birga, "Manchester Yunayted" futbolchini ijaraga berish maqsadga muvofiqligiga shubha bilan qaramoqda va uning ehtimoliy transferini 30 million evroga baholamoqda.

3.jpg

De Ligt joriy mavsum Chempionlar Ligasida 2 ta o'yin o'tkazib, samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Himoyachining ingliz klubi bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk