"Manchester Yunayted" Tonali uchun "Nyukasl"ga 90 million evrogacha to'lashga tayyor

6 iyun 2026, 17:39
"Manchester Yunayted" "Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonali uchun 80-90 million evro to'lashga tayyor.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, "Nyukasl" 26 yoshli italiyalik uchun kamida 110 million evro talab qilmoqda. Biroq klub yarim himoyachini sotishga intilmayapti.

Qayd etilishicha, yarim himoyachiga "Arsenal" va "Manchester Siti" ham qiziqish bildirmoqda.

Tonali 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 53 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 80 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Caught Offside