

BBC tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, klub Kerrikni iste'foga chiqarish o'rniga amaldagi murabbiylar shtabini kuchaytirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Shtabga taklif etilishi mumkin bo'lgan asosiy nomzodlardan biri sifatida hozirda “Bavariya”da Vensan Kompanining yordamchisi bo'lib ishlayotgan Aaron Danks tilga olinmoqda. Danks ilgari “Midlsbro”da Kerrik bilan birga faoliyat olib borgan. Uning yozdayoq “Manchester Yunayted” murabbiylar shtabiga o'tishi kutilgan edi.
Angliya Premer-ligasining 10 ta turidan so'ng “Manchester Yunayted” atigi 8 ochko jamg'arib, turnir jadvalining 18-pog'onasini egallab turibdi va musobaqani tark etish (xavfli) hududida bormoqda. Jamoa shu kungacha o'tkazilgan o'yinlarda 1 ta g'alaba, 5 ta durang va 4 ta mag'lubiyat qayd etdi.



