Osimxen "Barsa”ga taklif qilindi, ammo klubning ustuvor maqsadi - Alvares

6 iyun 2026, 17:09
Vositachilar "Barselona"ga "Galatasaroy" hujumchisi Viktor Osimxenni o'z safiga qo'shishni taklif qilishdi.

Kataloniya klubi 27 yoshli nigeriyalik futbolchi haqida yuqori fikrda, biroq "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares "blaugrana"ning ustuvor transfer maqsadi bo'lib qolmoqda.

Shu bilan birga, "Kamp Nou" qiyinchiliklarga qaramay, argentinalik bilan kelishuvni amalga oshirish mumkin deb hisoblaydi.

Osimxen Turkiya chempionatining o'tgan 22 uchrashuvida 15 ta gol va 5 ta golli uzatmaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Diario Sport