Oq uy vakili: Eron terma jamoasi futbolchilari AQSHga viza oldi

6 iyun 2026, 15:48
Oq uy vakili Eron terma jamoasining barcha futbolchilari jahon chempionati oldidan AQSHga viza olganini ma'lum qildi.

Bu bayonot Eronning Meksikadagi elchisining viza masalasi hali ham hal qilinmaganini aytgan so'zlariga javoban berildi.

Avvalroq Eron OAVlari murabbiylar shtabining barcha a'zolari ham viza ololmagani haqida xabar bergan edi.

Eron terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turida 16 iyun kuni Los-Anjelesda Yangi Zelandiya bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Reuters