

La Gazzetta dello Sport ma'lumotlariga ko'ra, bu g'oya klubda taxminan yanvar oyida paydo bo'lgan va maygacha muhokama qilingan.
Aurelio De Laurentis, Jovanni Manna va Antonio Konte uzoq vaqt davomida hujumchi uchun jamoada joy topish yo'lini izlashgan. Biroq keyinchalik klubda braziliyalik futbolchini olish maydondagi muvozanatga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin, degan xulosaga kelishgan.
Bundan tashqari, "Napoli"ning sport direktori Manna Kevin De Bryoyne nomzodini ham ko'rib chiqqan. Oqibatda, belgiyalik futbolchi yozda klubga qo'shildi.
33 yoshli Neymar hozirda "Santos" jamoasida to'p surmoqda.


