

Ushbu ma'lumotni insayder Nikolo Skira ma'lum qildi. Manba ma'lumotlariga ko'ra, Kambyaso "Barselona"da o'ynash imkoniyatiga juda qiziqmoqda.
Ayni paytda kataloniyaliklar himoyachini o'z safiga qo'shib olish ustida ishlamoqda va Kambyaso kuchaytiriladigan nomzodlar ro'yxatiga kiritilgan. Takidlanishicha, "Yuventus" 26 yoshli italiyalikni sotishdan kamida 30 million evro ishlab olmoqchi.
Kambyaso o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.



