Kannavaro: "Timur Kapadze bilan o'yin falsafalarimiz o'xshash"
08 okt 17:27
Yangiliklar


Kannavaro: "Timur Kapadze bilan o'yin falsafalarimiz o'xshash"
Har bir uchrashuv men uchun futbolchilik davrimda ham, hozir ham qiyin. Hech qachon tayyor bo'lmagan holda maydonga tusha olmaysiz. Shu sabab doimo futbolchilarga maksimal tayyorgarlik ko'rish kerakligini takidlayman. Hattoki o'rtoqlik uchrashuvlarida ham.
- Kuvayt bilan o'yinga futbolchilarni siz chaqirmagansiz. Ertangi o'yin nimani anglatadi?
- Bilamiz ikkita o'yinga chaqirilgan o'yinchilardan foydalanamiz. Ikki kun oldin keldik. Tarkibimizga chaqirilgan futbolchilar yuz foiz kuchi bilan o'ynashlariga ishonaman. Bundan tashqari bizda ko'pgina jarohat olgan futbolchilar bor. Biz 90 daqiqa hujum qilmaymiz, lekin hujumkor o'yin namoyish etamiz.
- Ertaga asosiy tarkibni aniqlashda Timur Kapadze yordamidan foydalanasizmi?
- Albatta, murabbiylar shtabi bilan maslahatlashgan holda asosiy tarkibni aniqlaymiz. Bugun kechqurun ham futbolchilar bilan gaplashib olaman.
- Turg'unboev va Eshmurodov bugun terma jamoaga chaqiruv olishdi. Bunga sabab nima?
- Terma jamoaning oldingi barcha o'yinlarini ko'rib chiqdim. Mana shu ikki futbolchini yig'inga chaqirishlarini O'FAdar so'radim. Bizda yana ikki futbolchi jarohat tufayli safdan chiqishdi. O'FA bu haqda rasman elon qiladi.
- Timur Kapadze sizga qancha muddat yordam berishi kerak deb o'ylaysiz?
- Timur Kapadze bilan birgalikda ish olib boryapmiz, o'yin falsafalarimiz o'xshash. U sizga ishlamayman deb aytdimi (kulib)? U hozir biz bilan menga yordam bermoqda. Balki biz yana mahalliy murabbiyni shtabga jalb qilarmiz. Men o'tgan matbuot anjumanida ham aytdim: mahalliy murabbiy bo'lishini o'zim O'FAdan so'raganman.
- Italiyalik ko'plab buyuk murabbiylar bilan ishlagansiz Sakki, Lippi, Kapello va Anchelotti. Ulardan eng yaxshi jihatlarni olganmisiz?
- Ular nafaqat Italiya, balki dunyo futbolini o'zgartirib yuborgan murabbiylar hisoblanishadi. Umid qilamanki, ulardan yaxshi jihatlarini olganman.
- O'zbekiston terma jamoasi 3-4-3, 4-3-3 kabi taktikalarda o'ynagan. Siz ko'proq qaysi taktikani qo'llaysiz?
- Taktik uslublar bu shunchaki raqamlar xolos. Uch markaziy himoyachi bilan o'ynash himoyaviy ko'rinsa-da, aslida hujum boshlashda tezkorlikka erishishga imkon beradi. Men uchun muhimi — maydondagi 11 futbolchi bir-birini qanchalik tushuna olishi. Faoliyatim davomida buyuk murabbiylar bilan ishladim, ulardan ko'p narsa o'rgandim.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Trenega ham fudbolchilaga ham omad yor boʻlsin !!!
Jurnalistning savoliga nechchi?