

"Maosh haqidagi gaplar to'g'ri emas. Ochig'ini aytganda, bu jarayon juda oson kechdi, chunki men vice-prezident bilan bevosita aloqada edim. U menga taklif bilan chiqdi. Men unga bor gapni aytdim. Ammo muammo shunda ediki, Italiyadagi bazi odamlar faqat pul haqida o'ylab, yo'q joydan mish-mishlar tarqatishdi. Bazida jurnalistlar, o'yinchilar va murabbiylar o'rtasidagi munosabatlar shunday bo'ladi. Jurnalistlar u hech narsadan mish-mishlar yasashni xohlashadi. Lekin men uchun bu oson bo'ldi, chunki shaxsan men uchun Jahon chempionatiga borish juda katta ahamiyatga ega. Futbolchi sifatida 20 yildan so'ng yana mundialga qaytish. Jahon chempionati kubogini boshi uzra ko'targan inson sifatida, men yana Jahon chempionatiga qaytish imkoniyatiga ega bo'ldim. O'ylaymanki, aynan shu narsa O'zbekiston milliy terma jamoasiga kelishimga sabab bo'lgan asosiy omil edi", dedi 52 yoshli mutaxassis.



