Starrijga "Betis", "Marsel", "Beshiktosh" va yana 10 klubdan taklif bor

13 avg 2019, 21:15
"Liverpul"ning sobiq hujumchisi Daniel Starrij 13 ta jamoadan taklif oldi.

29 yoshli angliyalik ayni damda erkin agent maqomida bo'lib turibdi va faoliyatini Yevropa, MLS yoki O'rta Sharqda davom ettirishi mumkin.

Starrijning xizmatlariga "Betis", "Bolonya", "Marsel", "Beshiktosh", "Atlanta Yunayted" va Qatar jamoalari qiziqish bildirishmoqda. 

Starrij ushbu haftada kelajagi orasida yakuniy qarorni qabul qilishi kutilmoqda. 

U o'tgan mavsum APLning 18 o'yinida 2 ta gol urgan va 1 ta assist muallifiga aylangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: telegraph.co.uk