Visente del Boske "Real" prezidentligiga nomzod Rikelme jamoasiga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
5 iyun 2026, 15:10
"Real" prezidentligiga nomzod Enrike Rikelme Ispaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Visente del Boske o'z jamoasiga qo'shilganini e'lon qildi.

"Visente del Boske jamoamizning rahbarlik lavozimiga qo'shilmoqda", – dedi Rikelme.

Shuningdek, u bosh murabbiylikka nomzodlarning hech biri bilan gaplashmaganini ta'kidladi.

"Men Yurgen Klopp yoki biron bir murabbiy bilan gaplashmaganman. Bu bilan men emas, sport rahbariyati shug'ullanadi", – dedi Rikelme.

3.jpg

"Qaymoqranglilar" prezidentlik saylovi yakshanba, 7 iyun kuni bo'lib o'tadi.

Madridliklar 2025/26 yilgi mavsum 86 ochko to'pladi va Ispaniya chempionatida 2-o'rinni egalladi. "Barselona" turnirda 94 ochko bilan g'olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: MadridZone