Del Boske La Liganing joriy mavsumdagi eng yaxshi o'yinchilarini sanadi
Alisher
24 dek 2021, 18:01
Ispaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Visente Del Boske La Liganing joriy mavsumdagi eng yaxshi o'yinchilari haqida berilgan savolga javob berdi.
Mutaxassis dastlabki uch o'ringa Madridning "Real" jamoasi o'yinchilarini qo'ydi - Luka Modrich, Toni Kroos va Karim Benzema.
"Real" Ispaniya chempionati jadvalida yetakchilik qilmoqda.
Benzema esa 15ta gol bilan to'purarlar jadvalini boshqarmoqda.