Starrij "Benevento"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
26 iyul 2020
"Benevento" prezidenti Oreste Vigoritoning aytishiga ko'ra, jamoa tarkibiga "Liverpul"ning sobiq futbolchisi Daniel Starrij kelib qo'shilishi mumkin.

"Starrijning transferi Italiyaning istalgan klubi uchun ajoyib holat bo'lardi", - dedi Vigorito.

"Daily Mail"ning yozishicha, "Benevento" 30 yoshli futbolchini Loik Remi tibbiy ko'rikdan o'ta olmaganidan keyin tarkibga qo'shib olishga qaror qilgan.

Starrijning so'nggi jamoasi "Trabzonspor" bo'lgandi.

Filippo Indzagi boshqaruvidagi "Benevento" ushbu mavsumda A Seriyaga chiqdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia