Futbol va shou-biznes uyg'unligi: FIFAdan Jahon chempionati uchun yangi o'yinoldi marosim

Sherzod Nurmatov
5 iyun 2026, 15:35
Xalqaro futbol federatsiyasi Jahon chempionati o'yinlaridan oldin futbolchilar va muxlislar o'rtasidagi aloqani mustahkamlash uchun mo'ljallangan yangi marosim o'tkazilishini e'lon qildi.

Boshlang'ich tarkib va zaxira o'yinchilari jamoalarni tanishtirish hamda davlat madhiyalari ijro etilishi paytida markaziy doiradagi banner atrofida to'planishadi.

Madhiyalardan so'ng asosiy tarkib a'zolari ananaviy o'yinoldi tadbirlar - qo'l berib ko'rishishi va jamoaviy suratga tushishda ishtirok etadi. Keyin jamoa sardorlari bilan qur'a tashlanadi.

2.jpg

Keyingi bosqichlardan boshlab rangli tutun yoki pirotexnika kabi qo'shimcha elementlar ishlatiladi.

Shuningdek, o'yinchilar maydonga tunnelga eng yaqin tomondan, maxsus arka orqali kirib keladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fifa.com