Daniel Starrij navbatdagi jamoasini aniqlab oldi

Mirjalol Normatov
14 avg 2019, 23:54
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Daniel Starrij faoliyatini "Trabzonspor"da davom ettiradi.

Bu haqda "Goal" nashri xabar bermoqda. 29 yoshli futbolchi Turkiya jamoasi bilan 2+1 ko'rinishidagi shartnomaga imzo chekadi. U yiliga 3 million evro maosh oladi.

Starrij 2013-2019 yillar davomida "Liverpul" safida 149 o'yinda qatnashib, 68 gol urdi va o'tgan mavsumda YCHL bosh sovrindoriga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal