Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Biz autsaydermiz"

Sherzod Nurmatov
5 iyun 2026, 14:15
Belgiya bosh murabbiyi Rudi Garsiya o'z jamoasining JCH-2026'ga chiqish istiqbolini baholadi.

"Avvalo, biz guruhdan chiqishni xohlaymiz, bu 2022 yilgi natijani yaxshilash bo'ladi, keyin ko'ramiz. Hammasi duch keladigan raqiblarimizga bog'liq bo'ladi. Biroq asosiysi - Nyu-Yorkdan oldin musobaqadan chiqib ketmaslik.

Biz endi FIFA reytingida 6 yil davomida birinchi o'rinni egallab turgan mamlakat emasmiz. Biz autsaydermiz va bu normal holat. Murabbiy sifatida bu vaziyatlarga ko'nikib qolganman", – dedi Rudi Garsiya.

Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. Unda birinchi marta 48 ta jamoa ishtirok etadi.

Belgiya guruh bosqichida Misr, Eron va Yangi Zelandiya bilan to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia