

"Bavariya" - "Borussiya Dortmund" 2:2
Gollar: 38 - Konrad Laymer, 60 - Seru Girassi, 66 - Deotshankyul Upamekano, 89 - Fabiu Silva
“Bavariya”: 40. Yonas Urbig, 2. Deotshankyul Upamekano, 27. Konrad Laymer, 19. Alfonso Devis, 3. Kim Min Je, 17. Maykl Olise (42. Lennart Karl, 84’), 45. Aleksandar Pavlovich, 34. Ismael Saybari (11. Nataniel Braun, 29’), 6. Yojua Kimmix, 7. Serj Gnabri (44. Yosip Stanishich, 31’), 9. Xarri Keyn.
Zaxira: 26. Sven Ulrayx, 4. Jonatan Ta, 21. Xiroki Ito, 23. Sasha Boe, 8. Tom Bishof, 46. Tim Binder.
“Borussiya Dortmund”: 1. Gregor Kobel, 3. Valdemar Anton, 4. Niko Shlotterbek, 22. Joan Gadu (26. Yulian Ryuerson, 87’), 25. Yoey Verman, 8. Feliks Nmecha (21. Fabiu Silva, 76’), 24. Daniel Svensson, 7. Job Bellingem (40. Samuele Inasio, 87’), 17. Karni Chukvuemeka (20. Marsel Zabitcer, 67’), 9. Seru Girassi, 14. Maksimilian Bayer (19. Konstantinos Karecas, 67’).
Zaxira: 33. Aleksander Niklas Mayer-Shade, 5. Rami Bensebaini, 39. Filippo Mane, 18. Itan Nvaneri.
Ogohlantirishlar: 6 - Job Bellingem, 53 - Yosip Stanishich, 74 - Konrad Laymer
90+5. O'yin yakunlandi.
90+5. Karlning ajoyib zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga borib tegdi…
90+3. “Bavariya” hujumlarni ko'paytirmoqda.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
90. Gol bo'lishdan avval Karecas Pavlovichga nisbatan biroz qo'pol o'ynagan bo'lishi mumkin. Gol inobatga olindi.

89. GOL! Silva hisobni tenglashtirdi! Fabiuning zarbasidan so'ng to'p darvoza to'ridan joy oldi!
84. Maykl o'rniga maydonga Karl tushdi.

84. Olise ham jarohat oldi! O'zgartirishlarini so'ramoqda.
83. Silva yaqin burchakka zarba berdi, bu safar ham myunxenlik posbon qaytardi.
83. Bellingemning zarbasi kuchsiz chiqdi, Urbig to'pni ushlab oldi.
80. Olisening zarbasi kuchsiz chiqdi.
78. Xarri Keynning yana bir zarbasi biroz noaniq bo'ldi.
75. Keyn bo'sh qolgan darvozaga zarba berdi, bunisida to'p darvoza ustuniga tegib qaytmoqda…
67. Myunxenliklar yana hisobda oldinga chiqib olishdi!

66. GOL! Upamekano hisobni yana oshirdi! Keynning bosh bilan uzatgan to'pini Deotshankyul darvozaga kiritdi!
66. Laymerning zarbasi birozgina noaniq ketdi. Rekoshet bo'lgan ekan.
62. Kimmixning zarbasi noaniq bo'ldi.
61. Endi barchasini boshidan boshlaymiz!

60. GOL! Girassi hisobni tenglashtirdi! Chukvuemekaning uzatmasidan so'ng Seru darvozani ishg'ol qildi!
59. Dortmundliklar bosimni oshirishmoqda endi.

56. Xarri Keyn penaltidan zarba yo'lladi, to'p darvoza to'siniga tegdi…
55. Penalti, “Borussiya” darvozasi tomon! Keynning zarbasidan so'ng to'p Nmechaning qo'liga tegdi.
54. Yana myunxenliklar oldinga o'tishdi, Laymerning uzatmasini dortmundlik himoyachi qaytarib yubordi.
50. Olisedan yana bir zarba, ammo bunisi ham noaniq.
48. Olisening zarbasi aniq bo'lmadi.
47. Laymerning erlatib bergan zarbasini Kobel qaytardi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+6. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45+5. Bayerning zarbasiga himoyachilar blok qo'ya olishdi…
45+2. Chukvuemekaning erlatib bergan zarbasi aniq bo'lmadi.
45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.
41. Bellingemning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.
41. Keynning zarbasi rekoshet sabab, maydonni tark etdi.
39. Endi o'yin yanada qizishi aniq!

38. GOL! Laymer hisobni ochdi! Konrad birga bir vaziyatga chiqib borib, zarba berdi, darvozabon qaytardi, ikkinchi zarba esa golga aylandi.
36. Job tepayotganda Chukvuemeka raqib posboniga halaqit qligan ekan.
35. Gol bo'lgan holat VARda ko'rilmoqda! Qiziq…
34. GOL! Bellingem hisobni ochdi! “Bavariya” himoyachilari o'z jarima maydonchalari ichida xatoga yo'l qo'ydi, natijada Job gol urdi!

31. Gnabri o'rniga maydonga Stanishich tushdi. Uch daqiqada ikkita majburiya o'zgarish bo'ldi “Bavariya”da.
30. Ie, yana jarohatmi? Bu safar Serj Gnabri maydonga o'tirib oldi. Dahshat!

29. Ismael jarohat olgani ma'lum bo'ldi, uning o'rniga Nataniel Braun maydonga tushdi.
26. Saybari jarohat olgan bo'lishi mumkin, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
24. Saybari darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borib, zarba berdi, biroq gol urolmadi…
22. Bellingemning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi…
21. Uchrashuvda temp o'ta yuqori emas, navbati bilan hujumlar ko'ryapmiz, ammo xavfli bo'lmayapti.
15. Dortmundliklardan ketma ket ikki bor zarba bo'ldi, biroq myunxenlik himoyachilar to'pga blok qo'ya olishdi.
10. Olisening zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytmoqda…
6. Ilk daqiqalardan myunxenliklar hujumga intilmoqda.
1. O'yin boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Germaniya Bundesligasi 8-turidan o'rin olgan "Bavariya" - "Borussiya Dortmund" bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



