Anchelotti Mbappening golsiz seriyasi haqida fikr bildirdi

Khoja
26 avg 2024, 11:25
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Kilian Mbappening hali gol urmaganiga munosabat bildirdi.

"U maydonda juda yaxshi harakat qilmoqda. Mbappe uchrashuv davomida 3-4 ta yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldi. Hozircha gol yo'q, biroq u keyingi turlarda gol uradi va doim bo'lgani kabi o'z gollari bilan muxlislarni quvontiradi", - deb fikr bildirdi Anchelloti.

Ma'lumot uchun, Kilian Mbappe "Real Madrid" safida hozircha uchta rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi va hech bir bahsda gol ura olmadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com