Anchelotti "Lill" bosh murabbiyi etib tayinlandi

Sherzod Nurmatov
1 iyun 2026, 16:15
Fransiyaning "Lill" jamoasi Davide Anchelotti bosh murabbiy etib tayinlanganini e'lon qildi.

36 yoshli italiyalik mutaxassis 2 yillik shartnoma imzoladi.

Jamoa 2025/26 yilgi mavsum Fransiya chempionati jadvalida 3-o'rinni egalladi. Mavsum yakuniga etgach, klub va bosh murabbiy Bruno Jenezio shartnomani yangilamaslik qarorida to'xtaldi.

2.jpg

Davide Anchelotti otasi Karlo Anchelottining Braziliya terma jamoasidagi murabbiylar shtabi a'zosi. Ilgari u otasi bilan "Bavariya", "Everton", "Napoli", PSJ va "Real" klublarida ishlagandi.

U bosh murabbiy sifatida 2025 yil Braziliyaning "Botafogo" jamoasini 6 oy boshqargan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: losc.fr