Baleba safdan chiqdi

27 noya 2026, 23:16
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Karlos Baleba "Roma"ga qarshi uchrashuvda olgan jarohati sababli yil oxirigacha maydonga tushmaydi.

Futbolchi 3 noyabr kuni bo'lib o'tgan o'yinda son orqa mushaklaridan jarohat olgan. O'shanda klub tibbiy shtabi uning tiklanishi 12 haftagacha davom etishi mumkinligini ma'lum qilgan edi.

"MYU" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino tibbiy shtabning dastlabki bahosini tasdiqladi. Shu tariqa, futbolchining qaytishi yanvar oyidan oldin kutilmayapti.

"Bu "Roma"ga qarshi o'yinda sodir bo'ldi, o'sha uchrashuvda u jarohat oldi. Tibbiy shtab o'shanda tiklanish uchun 10–12 hafta kerakligini aytgan edi", - dedi Pochettino.

O'xshash yangiliklar

Manba: The Athletic