

- O'yin haqida fikringiz?
- G'alaba qozonishni xohlagandik. Bugun uydagi oxirgi bahsni o'tkazdik, yutib muxlislarni xursand qilish niyatida edik. Afsuski, yutuqqa erisha olmadik. Qatorasiga beshinchi o'yinda g'alaba qozona olmadik. Demak, qandaydir muammolar bor. Mavsum oxiri - hammamiz yaxshi tushunamiz. Bugungi uchrashuv ham oson kechmasligini bilardik. "Mashal" o'z imkoniyatlaridan foydalanib ikkita gol urdi. O'yin jangovor durang bilan tugadi. Muammolar ko'pchilikda borligini bilamiz. Negadir omad kelmayapti. Endi oxirgi turda zafar quchishga harakat qilamiz.



