Messi va Ronaldu bir jamoada to'p tepishlari mumkin

27 noya 2026, 08:00
Argentina terma jamoasi, "Manchester Yunayted" va "Boka Xuniors" sobiq hujumchisi Karlos Teves o'zining xayrlashuv o'yinida ishtirok etish borasida Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bilan kelishib olganini ma'lum qildi.

Foot Mercato xabariga ko'ra, uchrashuv 2026 yil dekabr oyiga rejalashtirilgan va Buenos-Ayresdagi "La Bombonera" stadionida o'tkazilishi kerak.

"Men unga shunday dedim: "Krishtianu, xayrlashuv o'yinimda sen va Leo bitta jamoada o'ynashingizni istayman. Toki butun dunyo nihoyat bu sehrni ko'rsin". U o'sha yerda bo'lishini aytdi. Leoni ko'ndirish ham qiyin bo'lmadi. Ikkalasi ham menga roziligini berdi", - deya 42 yoshli argentinalikning so'zlarini keltiradi Foot Mercato.

Messi, Ronaldu va ularning klublaridan hozircha rasmiy tasdiq yo'q. Ishtirokchilarning yakuniy tarkibi, aniq sana va o'yin formati dekabr yaqinlashgan sari o'zgarishi mumkin.

O'xshash yangiliklar

Manba: Foot Mercato