

Alves bu safar Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Pelega yuzlandi.
"Pele, siz - qirolsiz. Ha, qirol. Ammo menda sovrinlar ko'proq. Lekin xotirjam bo'ling, qo'rqinchli hech narsa sodir bo'lmayapti. Agar istasangiz, tanqid qilishingiz mumkin. Ko'pchilik futbolda tarix katta ahamiyatga ega deb o'ylaydi. Demak hammasi joyida. Mening tarixim futbolda o'rganadigan narsa qolmaganidan darak beryapti. Oshpaz bo'lmoqchiman" - deb yozadi braziliyalik o'zining "Instagram"dagi sahifasida.



