Argentina terma jamoasi himoyachisi jarohat oldi, u JCH-2026ni o'tkazib yuboradi

7 iyun 2026, 08:25
Argentina terma jamoasi matbuot xizmati markaziy himoyachi Leonardo Balerdining jarohat olgani haqida xabar berdi.

"Marsel" klubining 27 yoshli futbolchisi o'ng oyoq boldir mushagini shikastlab olgan va bo'lajak Jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi.

JCH-2026 saralash bosqichida Balerdi Argentina tarkibida ettita uchrashuvda maydonga tushgan edi.

JCH-2026 guruh bosqichida Argentina Jazoir, Avstriya va Iordaniya bilan kuch sinashadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com