

Bu haqda Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapiya matbuot anjumanida e'lon qildi.
Skalonining o'zi ham rahbariyatga ishonch uchun minnatdorlik bildirdi:
"Murabbiylar shtabi bilan muhokamalardan so'ng shu qarorga keldik. Ishtiyoqim birinchi kundagidek baland va ishni davom ettirishdan baxtiyorman. Endi yangi bosqich boshlanadi".
Shartnoma muddati rasman ochiqlanmagan, ammo mahalliy OAV ma'lumotlariga ko'ra, yangi kelishuv Amerika Kubogi–2028 yakuniga qadar mo'ljallangan va uni JCH–2030’gacha uzaytirish imkoniyati mavjud.
48 yoshli mutaxassis terma jamoani 2018 yildan beri boshqarib, JCH–2022, ikki marta Amerika Kubogi (2021, 2024) va Finalissima–2022 g'olibligini qo'lga kiritgan.



