Skalonining onasi og'ir kasallikdan so'ng 74 yoshida vafot etdi. AFA Argentina murabbiyiga hamdardlik bildirdi

Aslanov Jasurbek
28 okt 2026, 19:24
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skalonining onasi vafot etdi. TyC Sports nashri xabariga ko'ra, Eulaliya Marcetti bir necha yil davom etgan og'ir kasallikdan so'ng 74 yoshida olamdan o'tgan.

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) ushbu judolik munosabati bilan Skaloni va uning oila a'zolariga taziya izhor qildi.

"Argentina futbol assotsiatsiyasi va uning prezidenti Klaudio Tapiya murabbiyimiz Lionel Skaloni hamda uning butun oilasiga onasi Eulaliya Marcettining vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi. Barcha argentinaliklar ushbu og'ir damlarda Lionel va uning yaqinlarini birodarlarcha qo'llab-quvvatlaydi. Bardam bo'ling", - deyiladi AFA bayonotida.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AFA