Samuel Argentina terma jamoasi shtabini tark etadi va mustaqil murabbiylik faoliyatini boshlaydi

Sherzod Nurmatov
13 noya 2026, 16:00
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni "Inter" va "Real" sobiq himoyachisi Valter Samuel jamoa murabbiylar shtabidan ketishini e'lon qildi.

"O'zi ham bizga ma'lum qilganidek, Valter mustaqil faoliyatini boshlaydi. Mening do'stim bo'lgan bu insondan cheksiz minnatdorman. Unga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman, chunki murabbiylar shtabimizning nihoyatda muhim bo'lagi edi. Endi o'z yo'lini boshlashi adolatdan bo'ladi. U ushbu ikki o'yinda biz bilan qoladi. Bizga bergan barcha narsasi uchun unga minnatdorlik bildirish yo'lida qo'limizdan kelgan barcha ishni qila olamiz deb umid qilamiz. Rahmat senga, Kabeson!", – deya Skalonining so'zlarini keltirdi “TyC Sports”.

48 yoshli argentinalik mutaxassis 2018 yilning avgustidan buyon Argentina terma jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat yuritib kelayotgandi. U avvalroq "Lugano" va "Inter" klublarida ham yordamchi murabbiy sifatida ishlagan.

Argentina terma jamoasi 14 noyabr kuni Urugvay bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi, 18 noyabrda esa Kosta-Rikaga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TyC Sports