Samuel faoliyatini yakunladi

25 may 2016, 23:25
Argentina terma jamoasining sobiq himoyachisi Valter Samuel futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi.


Valter Samuelning so'nggi klubi Shveytsariyaning "Bazel" jamoasi bo'ldi. 38 yoshli himoyachi ushbu jamoa safida ikki marta mamlakat chempioni nomiga sazovor bo'lishga erishdi.

Samuel futbolchilik faoliyati davomida Nyuells Old Boyz, Boku Xuniors, Roma, "Real" va Inter jamoalarida to'p surgan.

Samuel ikki bor Argentina chempioni, Libertadores kubogi, olti marotaba Italiya chempionati g'olibi, uch marta Italiya kubogi va besh bor Italiya superkubogiga ega chiqqan. Samuel shuningdek Yevropa chempionlar ligasi va Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ham zafar quchgan.

Argentina terma jamoasi tarkibida 56 o'yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 5 marta gol kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia