

"Dastlabki 30 daqiqada ular bizning o'yin tempimizni buzishdi va yaxshiroq harakat qilishdi. Shundan so'ng biz hisobni tenglashtirdik va durangni saqlab qola olamiz deb umid qilgandim. Ammo men avvalroq, mag'lub bo'lmayotganimizda aytgan iboramni yana takrorlayman: "Eng yaxshisi hali oldinda". Tomoshabinlar bizga taqdim etgan qo'llab-quvvatlash yuqori darajada bo'ldi va men ularga minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Angliya terma jamoasining bugungi o'yini biz bosib o'tgan yo'l naqadar qiyin bo'lganini ko'rsatdi. Mag'lubiyatsiz seriyani saqlab qolish uchun kurashishimizga to'g'ri keldi va bugun bizning emas, ularning kuni edi - biroq biz mag'lubiyatda ham, g'alabada ham o'zimizni bir xil tutishga harakat qilamiz. Muvaffaqiyat qozonganimizda qanday bo'lgan bo'lsak, yutqazganimizda ham shunday qolishga intilamiz. Yaxshi, biz mag'lubiyat achchig'ini kamdan-kam his qilganmiz, ammo o'z qadr-qimmatimizni saqlab qolamiz; qatiyatimizni yo'qotmaymiz - mart oyida bizni chorak final kutmoqda va biz ushbu pley-offga g'alaba qozonish hamda turnirni yutish vazifasi bilan chiqamiz.
Barchaning Ispaniyani mag'lub etishni istashi - bu maqom ko'rsatkichi. Bu "final" edi va bunday uchrashuvlarda xatosiz harakat qilish, optimal holatda bo'lish zarur, aks holda Angliya, Fransiya, Portugaliya yoki Italiya kabi raqib bundan foydalanib ketishi mumkin.
Men keyingi haftada futbolchilarim bilan yana uchrashishni xohlardim, chunki hozir kiyinish xonasida xafa bo'lib o'tirgan o'yinchilar bo'lsa, yaqin kunlarda ularga: "Yigitlar… nimalarga erishganingiz ko'lamini, bu naqadar qiyin bo'lganini va bundan qanchalik faxrlanishingiz kerakligini anglab eting", deb aytish imkoniyatiga ega bo'lishni istardim. Ammo endi mart oyigacha kutishimga to'g'ri keladi", - deydi de la Fuentening so'zlarini UEFA rasmiy sayti.


