

"Bugun ular bizdan kuchliroq edi. Ular yakkakurashlarda juda tajovuzkor uslubdan foydalanishdi. Albatta, oxirigacha harakat qilishimiz kerak edi va biz chindan ham kurashdik, ammo bu nimalarni yaxshilashimiz kerakligi borasida yaxshi saboq bo'ladi. Hozircha bu pley-off bosqichi emasligi sababli, bundan xulosa chiqarishimiz va mart oyida yaxshiroq o'yin ko'rsatishga harakat qilishimiz mumkin.
Jahon chempionati o'tganidan beri juda kam vaziyatlarga yo'l qo'yayotgan edik - agar hozirgi kunda mashhur bo'lgan "kutilayotgan gollar" (xG) statistikasiga qarasak. Asta-sekin bu ko'rsatkich oshib bordi va natijada ko'proq gol o'tkaza boshladik. Jahon chempionatidagi intensivlik bu yerda unchalik sezilmayapti, o'yinga ko'proq erkinlik kiritilmoqda.
Mart oyida o'yinimizni kuchaytirishimiz uchun bu holat hozir yuz bergani yaxshiroq", – deya 29 yoshli futbolchining so'zlarini keltirdi “Teledeporte”.
Ispaniya (6 o'yindan so'ng 15 ochko) Millatlar Ligasi A divizionining 3-guruh jadvalida 2-o'rinni egalladi.



