

Avvalroq Marokash hal qiluvchi bahsni Kasablankadagi yangi stadionda o'tkazishga erishish uchun harakat qilayotgani xabar qilingan edi.
"Final shu yerda o'tishi shart. Ariza Ispaniya va Portugaliyadan chiqqan, shundan so'ng bizga Marokash qo'shilgan. Shu bilan birga, o'yinlar boshqa mamlakatlarda (Urugvay, Argentina va Paragvayda) ham bo'lib o'tadi.
Nahotki ispan futboli qilayotgan shuncha ishlardan keyin bizdan finalni tortib olishmoqchi bo'lsa? Erkaklar va ayollar terma jamoalarimiz, olimpiya jamoamiz muvaffaqiyatlari hamda Yevropa chempionatidagi ishtiroklardan so'ng kimdir eng yaxshi stadionlar, rivojlangan infratuzilma va yirik tadbirlarni o'tkazish tajribasiga ega shaharni finaldan mahrum etishga jurat qila oladimi?
Ispan futboliga bu borada rad javobini berish - maydakashlik. Hisoblaymanki, jahon chempionati finaliga Ispaniya mezbonlik qilishi lozim. Agar bunday bo'lmasa, turnirni tashkil etishda qanday rol o'ynayotganimiz haqida o'ylab ko'rishimiz kerak. Hamma narsaning chegarasi bor. Biz Portugaliya bilan birgalikda ariza tayyorlaganmiz, bizda eng yaxshi infratuzilma mavjud. Obektlarni baholashdan so'ng FIFA bizga, xususan, 'Santyago Bernabeu' va 'Metropolitano' stadionlariga eng yuqori baholarni berdi. Qolaversa, biz jahon chempionlarimiz. Yana nimani istash mumkin?
Bu Ispaniyaga nisbatan ochiqdan-ochiq haqoratdir. Marokashga achinaman, lekin menimcha, hamma narsaning chegarasi bor. Final Madridda o'tsa xursand bo'lardim va shahrimiz nomzodini himoya qilaman. Madrid hal qiluvchi bahsni qabul qilishi kerak. Ammo bu Madrid bo'lmagan taqdirda ham, faqat o'z variantimda turib olmayman - mayli, final Ispaniyaga, bu holatda Barselonaga nasib etsin", - dedi Martines-Almeyda.



