Gvardiola Pochettino o'rniga AQSH terma jamoasini boshqarmaydi

15 noya 2026, 21:32
Pep Gvardiola Maurisio Pochettino "Manchester Yunayted"ga ketganidan so'ng AQSH terma jamoasini qabul qilib olmaydi.

Avvalroq AQSH futbol federatsiyasi ispaniyalik mutaxassisni milliy jamoa bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod sifatida ko'rib chiqayotgani haqida xabar berilgan edi.

The Telegraph ma'lumotlariga ko'ra, xalqaro futbolda ishlash istagi borligiga qaramay, Gvardiola Amerika terma jamoasida faoliyat yuritmaydi. "Manchester Siti"ning sobiq ustozi futboldan dam olishni xohlamoqda va yaqin bir yil davomida ish bo'yicha hech qanday takliflarni ko'rib chiqish niyatida emas.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Telegraph